O'ylash undaydigan roman

УBoqiy darbadarФ romaniga so'z boshi

Dilmurod Quronov

УBoqiy darbadarФning janrini muallif roman deb belgilabdi. Ehtimol, ayni hol didi anТanaviy romanlar ruhida tarbiyat topgan oСquvchida eТtiroz uygСotar ham. Axir, bunda yaxlit bir voqea boСlmasa, koСp planli syujet asosida voqelikning keng epik manzarasi tasvirlanmagan boСlsa, markazida qahramon turmasa... Ц nimasi roman?!.. Jahon adabiyoti tajribalaridan, xususan, GТarbda yarim asrlar ilgari boshlangan Уyangi romanФ bobidagi izlanishlardan ozmi-koСpmi xabardor oСquvchida eТtiroz tugСilmasayam kerak. Zero, УBoqiy darbadarФda anТanaviy eposga xos voqeaband syujet oСrnida sirtdan bir-biriga bogСlanmay turli makon va zamonda, goh reallik gohi xayolotda kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan boСlsa-da, ularni bir narsa Ц hayotning maТnisiyu bashariyat taqdiri haqida oСyga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka Ц romanga aylantiradi...

Isajonning bitigi anТanaviy yoСlda yozilmagani aqlga tayin, lekin uni modernizm yo postmodernizmga taalluqli etishga-da qiynaladi kishi. Modernistik asar deyin desa, unda ham turfa uslublar Ц koСxna diniy rivoyatlardan tortib hozirgi Уinternet tiliФgacha, ham turfa janrlar Ц qadim diniy didaktikadan tortib urfdagi УboevikФkacha... quroq-qorishiq birbutunlik kasb etayotibdi. Hay, postmodernistik asar deb qoСya qolay desa, muallif olamu odam haqidagi oСy-tashvishlarini ifoda etmoq uchun badiiy model Ц postmodernistlar inkor qilgan metarivoyat yaratib qoСyibdi... Holatdan chiqishga urinish demang-u, nazarimda Isajon oСzi bilgan bizdagiyu xorijdagi ijodiy tajribalarning barini ichdan oСtkazibdi Ц bugun oСzini qiynab turgan muammmolarning badiiy idrokiyu ifodasi uchun maqbul shakl izlapti, izlanishlari sintezga olib kelibdi.

Darvoqe, gСarbda urf boСlgan УizmФlar maТnaviyatimiz uchun zararli deguvchilarning tashvishlari, albatta, asossiz emas. MargСub tomoni shuki, Isajon oСsha УizmФlardan maqbul shaklni olgani holda oСzi milliy zaminda sobit turibdi. Jillaqursa bir jihatni olaylik: postmodern kayfiyat degani millatlaru milliy madaniyatlar qorishuvini koСzda tutadi, shunday zamindan unib chiqadi. Yozuvchimiz esa bu ruh-kayfiyatni butun vujudi bilan inkor qiladi, professor Ziyoning oСgСli kabi УoСzi sevgan, amallaridan OТzi rozi boСladigan xalq orasidaФ yaralganiga shukrona keltiradi, roСzi mahsharda УoСz jonajon tuprogСida, oСz jonajon millati bilan birga boСlishni orzu qiladiФ; Vatanni Уiymonining qoСrgСoniФ deb biladi, Уdilining ildizlari shu yer osti buloqlariga bogСlab qoСyilganday, uzilsa quriydigandekФ his qiladi oСzini. Ha, asl ijod, agar u milliy-madaniy zaminda voqe boСlsa, aslo koСr-koСrona taqlid boСlmaydi. Zero, ijodiy sintez degani bir jihatdan alximiyaga monand: kimyogar turli moddalarni qorishtirib sar oltin olishga intilarkan, singishmagan moddalar choСkindi boСlib shishada qolaveradi.

Yozuvchi hayotning maТnisiyu bashariyat taqdiri haqida oСyga tolgan, dedik. Axir, inson hayotidan maТni izlash soСnggi ikki asr mobaynida adabiyotning markaziy muammosiga aylanmadimi? Ha, hatto modernizmning ayrim oqimlari inson hayotini har qanday maТnidan ayro tushadi deb daТvo qildi ham, ozmi-koСpmi shu kayfiyatga tushdik ham. Xayriyatki, islom nuri bilan yorishgan dillar bu kayfiyatni oСziga sigСdirolmadi, sigСdirmadi. Jumladan, Isajon ham. Yozuvchi muammoning ildiziga nazar soladi va koСradiki, Yaratganidan uzoqlashishi barobari inson hayotining mazmuni yoСqolib borayotganini teranroq his qilgan, bu his muttasil kuchayib borgan. Va bu nihoyasiz jarayon. Shuning uchun ham romanda yaralmish Ц inson Уtangrining irodasiga isyon oСlaroqФ yaratgan eng oliy mavjudot Ц klon ham olamning nechogСli mukammal yaratilganini idrok etgach, Уmazkur silsila aro oСz oСrnini topishga harakat qiladiФ. Ammo xayhot... topmaydi, topolmaydi.

Shu bois ham dunyolarga sigСmaydi, olamni bunchalar mukammal yaratgan Zotni Уizlab topish va butun olam yaratilishining sabablarini OТzidan soСrash uchunФ bosh olib chiqib ketadi. U koСzlagan manzil belgili: izlagani Ц УUning irodasiga va mening yaratilishimdan maqsadiga mos... keladigan makon va zamonФ. Biroq, xayhot... u tushgan yoСl qayon eltadi, koСzlagan manziliga yetadimi va yo oСsha mangu darabadarga qismatdosh boСlib qoladimi?.. Kim biladi, Уbutun olam ilgarilab borayotgan turli-tuman yoСllarФning qay biri haq yoСl? Sobit ishonch bilan Уqismatimiz shu sahroda yashab Parvardigorga ibodat qilish va ajalimiz yetganida jonimizni OТziga topshirishdirФ deya kundalik yumushlariga mashgСul badaviylarmi? Va yo yorugС olamga etak silkib, butun borligСi Ц qalbiyu aqli bilan Yaratganga yuzlangan avliyoning yoСlimi?..

Asarda savollar qoСyilgan, javob esa imkondan tashqarida, zero, uchinchi parvona misoli Уalanga ichiga kirib otash ichra gСoyib boСlganФgina Ц BILADI va... oСzi Уerishgan bilim haqida gapira olish imkoniyatidan mahrum boСladiФ...

Aslida, professor Ziyoning oСgСli aytmoqchi, Уtevaragimiz rumuzlarga va timsollarga toСladirФ. Va shu rumuzu timsollar Уaql qulogСiga baland ovoz bilan xitob qilib turibdiФ. Biroq biz, biz eshityapmizmi shu xitoblarni?! Mabodo, dovonga koСtarilgan sari quloqlar bitgani kabi, bashariyat safida yuksalishimiz barobari Уaql qulogСiФmiz ham bitib bormayaptimi?!..

Qadimgilar adabiyotni tabiatga taqlid deganlar. Chamasi, Isajonga ham shu yoСldan borish maТqul koСrinibdi Ц romanni rumuzu timsollarga toСldiribdi. Bu ramzu timsollar tafakkurimizga qaratilgan Ц fikr bilan ularni chaqishimiz tafakkurimizni charhlashiga imonim komil. Asarni oСqiganda bir-biridan murakkab savollar ketma-ket qalqib chiqaversa ham, ehtimol. Lekin ular ichida eng muhimi, bugungi taraqqiy darajasiyu ertangi imkonlari ufqining chamasidan masruru magСrur turgan XXI asr kishisi uchun eng joСn va eng murakkabi mana bulardir, balki:

УMen kimman?Ф

УOtim nima?Ф

 
 
Сайт создан в системе uCoz