Saytimizga xush kelibsiz!

Sayt yangilandi yanvar , 2010

Ushbu web sayti adabiyotshunoslik muammolariga bag'ishlanib, bunda siz adabiyotshunos Dilmurod Quronov va Sa'dullo Quronovning ilmiy ijodi bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi.

Siz ham saytdagi ilmiy ijod namunalarini shunchaki o'qimang, balki, o'z munosabatingizni bildiring. Biz bilan sadullo077@mail.ru pochtasi orqali bog'lanishingiz mumkin.

***

Badiiy asarni oСqish Ч ijodiy jarayon, uni uqish uchun oСquvchi ijodiy tasavvurini toСla ishga solishi lozim. Biroq sheТrni uqish, undan chinakam zavq olish uchun ijodiy tasavvurning oСzi kam. Negaki, sheТr Ч mudom voqe boСlayotgan nutq, u soСzlarning oddiygina tizmasi emas. Zero, undagi soСzlar shoir dil torlaridan taralgan ohangga yoСgСrilgan. Bas, sheТr oСqilmaydi Ч tinglanadi, tinlanganda ham Ђichki quloqї bilan, Ђqalb qulogСiї bilan tinglanadi. OТshanda... bir boshdan aytay: nedir bir narsa, boringki, DARD shoir dil torlarini titratdi Ч DARD OHANGGA doСndi; ohang soСzlarni oСziga ergashtirdi Ч ikki yorti bir butun: ikkisi birlikda sheТrni bunyod etdi. SheТr Ђqalb qulogСiїla tinglanganda shoir dilida ohangga doСngan dard oСquvchi dil torlarini titratadi, endi aksincha Ч OHANG DARDga doСnadi. YaТni, ohang shoir va sheТrxon dillarini tutashtiradi, shu joСrovozlik sabab sheТrdagi soСz SOТZga aylanadi. ЂQalb qulogСiї bitgan oСquvchi soСzni biladi, SOТZni tanimaydi; Ђqalb qulogСiїla tinglagan oСquvchi uchun SOТZning maТno sigСimi benihoya keng Ч U aytmasdan aytadi, tasvirlamay tasvirlaydi, ifodalamay ifoda etadi...

***

Badiiy adabiyot borliqni badiiy bilish orqali bizning olam, odam va jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarimizni boyitadi. ЂAdabiyot Ч hayot darsligiї, dеgan gap faqat chiroyli ta'rifgina emas, uning zamirida katta haqiqat yotadi. Zеro, badiiy asarlar mutolaasi davomida biz inson qalbining chuqur puchmoqlariga kirib boramiz, uning turfa fе'l-atvori bilan tanishamiz, insonlar orasidagi murakkab munosabatlarni kuzatamiz, ularning tublik sabablarini his qilamiz. Badiiy adabiyot orqali o`quvchi o`zga insonlar tajribasi bilan o`rtoqlashadi, buning natijasi o`laroq u hayotga, insonlarga o`zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kеngayadi. Bu esa, agar inson umrining qisqaligi, uning umri davomida bеvosita ko`rish va his qilish imkoniyatining chеklangani e'tiborga olinsa, juda katta ahamiyatga molikdir. Zеro, badiiy asarni o`qish davomida o`quvchi asar voqеligida yashaydi, asar qahramonlarining o`ylarini ongdan, hislarini qalbdan kеchiradi. Ehtimolki, u o`z hayoti davomida o`sha tasavvurdagi olamda ko`rgandеk taqdirlarga duch kеlmas, unda tasvirlangandеk holatlarga tushmas... Ч lеkin boshqa olamda, boshqa odamlar orasida yashagani, ular ko`rganni ko`rgani, bilganni bilgani, his qilganni his etgani qolavеradi. Ya'ni, badiiy adabiyot bamisoli hayot ichidagi yana bir hayot, inson qisqa umri davomida ko`proq ko`rishi, his qilishi, anglashi uchun bеrilgan qo`shimcha imkoniyat, aytish mumkinki, qo`shimcha Ђumrїdir.

 
 
Сайт создан в системе uCoz