E H T I R O M

Dilmurod Quronov

Ustoz Umarali Normatov haqida soСz borarkan gapni u kishi qariyb chorak asr boshqargan OТzMUning hozirgi oСzbek adabiyoti kafedrasidan, unga nisbatan chuqur minnatdorlik va ehtiromim izxoridan boshlagim keladi. Zero, bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom lozim. Men esa bundan oСn yil ilgari ilmiy ish qilish niyati-la poytaxtga borib, olti yil shu dargoh tuzini totdim...- har qancha ehtiromim boСlsa ozdek koСrinadi. Bir shogird sifatida shu dargohdan - laborant Mastura opadan tortib mudirigacha - barchalaridan umrbod minnatdorman... Aspirantlik davrimni eslasam, kafedra alohida bir olam boСlgandek, alohida olam sifatida yashagandek tuyuladi menga. Zero, adabiyot haqida gapiruvchilar ozaya boshlagan paytlarda ham kafedra kunlari salom-alikdan soСng adabiyotdan boshlangan gap yana adabiyot bilan tugallanar edi. Tasavvur qiling: Umarali domla oСzi yangi oСqigan asari haqida hayajonlanib xayratini izhor qilsa, Norboy aka zumda uni "hech narsaga arzimaydi"ga chiqaradi, Ozod domla vazminlik bilan mantiqli xulosa yasaydi... alalxusus, har uchalasining gaplarini ogСzini ochib eshitgan shogirdlarning "xomak" fikrlari yetiladi, masalani turli nuqtalardan mulohaza qiladi - kafedraning begim kunlaridayoq pishib boradi... Konkret masalada turlicha, hatto baТzan bir-biriga zid fikrda boСluvchi bu kishilarni bir narsa - soСz sanТatiga cheksiz muhabbat birlashtirgandiki, nazarimda, xotiramdagi kafedra bir ShAXS misoli shakllangandek, oСzining muqim mavqei, oСz qiyofasiga ega edi. Yaxshiroq razm solgan kishi bu QIYoFAdagi printsipiallik va mulohazakorlik Ozod Sharafiddinovdan, shiddat va jangarilik Norboy akadan, hayrat va samimiyat Umarali akadan ekanligini sezib olishi qiyin emas edi... Kamina shu kafedraning aТzosi, O.Sharofiddinovning nevara shogirdiyu Umarali akaning oСz shogirdi ekanligim bilan fahr etarkan, ayni shu narsa menga koСp eshiklarni ochgani, koСpincha oСzgalarning menga munosabatini belgilagani va belgilab kelayotganini minnatdorlik bilan aytgim keladi... OТa, shundoq kafedraning qiyofasini, undagi ilmiy-ijodiy havoni belgilagan zotlardan biri ustozim Umarali Normatov boСladilar. Umarali Normatov - katta olim. Biroq katta olimlarning bari ham u kishidek katta odam emas, katta odamlarning bari ham ustozdek kichikkoСngil boСlolmaydi. UlugС insonlarga xos bagСrikenglikni domlaning shogirdlariga munosabatida koСraman. Sir emaski, shogirdning ilmdagi odimi qanday boСlishi koСp jihatdan ustozga bogСliq. Aspirantlar uyida yashagach, boshqa tolibul ilmlar bilan gaplashasan: ustoz shogirdlar orasida kinolarda koСrsatilgandek, romanlarda yozilgandek noravo munosabatlar mavjudligini his etasan. Aspirantlarning mahzunlik bilan: "Ishning qoralamasini domlamga berganman, besh oy boСldi hali oСqib bermadi..." deganlariga guvohman. Katta olim - Katta odamga emas, katta olimgagina shogird boСlgan yigitga dildan achinaman, taqdir olim Umarali akaga roСbaroС qilganiga shukronalar aytaman. Aytmay boСladimi, axir... Maqolami, boshqami tayyorlasam, dushanbani (kafedra kuni) moСljallab boraman - domlaning qoСliga beraman. Chorshanba kuni qoralamamni (xajmidan qatТiy nazar) keltirib qoСlimga beradi. Хoralamani varaqlasangiz, chetlarida qator tuzatishlar, izohlar - domla astoydil oСqiganidan darak beradi. Ana endi xolis ayting, aspiranturani ham, doktoranturani ham muddatidan oldin tugatganim mening xizmatimmi yo domlamning?! Umarali aka adabiyot haqida gapirganimda befarq, loaqal xotirjam boСlolmaydi - adabiyot allaqachon ustozning shaxsiy ishiga, hayoti mazmuniga aylanib boСlgan. Domla benihoya sahiy odam. U kishi oСzi zavq olgan asar haqidagi taassurotini tezroq ulashishga intiladi, loaqal asarda oСzi inkishof etgan nozik nuktalarni-da sir saqlamaydi. Umarali aka suhbati goСzal inson, chunki u kishining suhbati asosan adabiyot haqida boСladi. Domla oСqigan asari haqida " Voy boСy-y... buni qarang endi..." deb gap boshlaydi-yu, u kishidagi xayrat sezdirmaygina sizga koСchadi - oСsha asarni oСqish yo qayta oСqish istagi tugСiladi... Umarali akada meni har vaqt lol qoldirib keladigan narsa - mutolaga oСchlik. Domla adabiyotimizda paydo boСlgan yangiliklarni qoldirmay kuzatadi. Adabiyot haqida suxbatimiz koСpincha "falon asarni oСqidingizmi?" soСrogСidan boshlanadi ("yoСq" deyish uyat, oСqimagan boСlsam ham tasdiq ishorasini qilaman, keyin albatta oСqib chiqaman). Domlaning asar haqidagi taasurotlarini eshitarkanman, shunday ulugС yoshida ham badiiyatdan shu darajada xayratlana olayotgan, yoshlardan-da quyuq ehtiroc-la gapirayotgan insonga havasim keladi... - domlaga oСxshagim kelib ketadi... Men hurmatli ustozimga, ustozni eslaganda koСzimdan oСtuvchi kafedraga chuqur extiromimni izhor qilarkanman, xudbinligim tutadi-yu, domladan oСtinaman: "Ibodatlaringizda bizni ham duo qiling, ustoz, bizga ham sizning yoСlingizni bersin, ilohim..." Dilmurod Quronov

 
 
Сайт создан в системе uCoz