Badiiy nasr tili haqida mulohazalar

Dilmurod Quronov

OТylab qarasam, dars chogСi badiiy til haqida gap ketsa, koСproq sheТrlarga murojaat qilar ekanman. Chamamda, boshqalar ham shunday qilsa kerak. Balki, bu nasr badiiy nutq shakli sifatida kechroq qaror topgani bilan bogСliqdir? Ehtimol. Lekin shuning oСzigina emas. Avvalo, sheТriy nutqdagi badiiyatni ochib berish osonroq: ming yillardan beri ishlanib kelayotgan qoidalar, tayyor qoliplar bor. Nasriy asar tilining badiiyati oСzgacha, unga sheТriyat mezonlari bilangina yondashib boСlmaydi. Deylik, nasriy asar tilidagi koСchimlar, turli uslubiy figuralar haqida gapirish bilan cheklansak, u haqda deyarli hech narsa aytmagan boСlib chiqamiz. Zero, badiiy nasr tilining sehri, jozibasi chuqurroq qatlamlarda botindir. Taassufki, nasriy asar tilini badiiyatga doxil etuvchi nutqiy omillar va nutqdan tashqari hodisalar bizda yetarlicha oСrganilgani yoСq. Fikrimcha, bu nasriy nutqqa anchayin sodda, kundalik muloqot tiliga yaqin nutq deb, biroz mensimasdanroq qarash oqibatidir. Holbuki, bu Ч mutlaqo xato tasavvur. Axir, yaxshi nasriy asarlarni oСqiganimizda, ularda tasvirlanayotgan narsalarni goСyo УkoСribФ, qahramonlarning gaplarini goСyo УeshitibФ turgandek boСlishimizning oСzi moССjiza emasmi?! OТquvchini beixtiyor irreal olamga Ч badiiy voqelikka koСchirgan, uni oСsha olam qonunlariga amal qildirib yashatgan narsa SOТZ, aniqrogСi, shu tabarruk ashyodan tarkib topgan matn emasmi?! Bas, shunday ekan, adabiyotshunoslik shu moССjiza sirlarini ochib bermogСi, badiiy matnni kognitiv aspektda Ч ham badiiy informatsiyaning hosil qilinishi va ham qabul qilinishi nuqtai nazarlaridan tadqiq etishga kirishmogСi zarurdir. Badiiy matn strukturasi, nasr ritmi va uning rivoya ritmi yoxud tasvir predmeti bilan uzviy bogСliqligi; jumla qurilishining jarayon tasvirida bir turli, narsa tavsifida boshqa bir turli ekanligi... kabi qator muhim masalalar borki, ular atroflicha chuqur oСrganilishi lozim. Albatta, eТtiroz boСlishi mumkin: axir, hech kim badiiy asar yozishni kitoblardan oСqib oСrganmaydi-ku?! BoСlsa bordir. Biroq bu narsalar biz Ч oСquvchilar ommasi va ahli qalam uchun Уikki karra ikki Ч toСrtФ tarzidagi oddiy haqiqatga aylansagina shunday eТtiroz oСrinli boСladi...

Masalaning nechogСli dolzarbligini yozuvchi U.Hamdamning УMuvozanatФ romani xususida matbuotda eТlon qilingan maqolalar misolida koСrishimiz mumkin. Gap shundaki, romanning qabul qilinishida adabiyotshunoslikda ikki turli tendentsiya kuzatiladi: katta avlod vakillarining aksariyati unga yuksak baho bersa, yoshlarning aksariyati bu bahoga qoСshilmaydi. Aslida, mazkur hol turli yosh kishilarining retseptiv xususiyatlari bilan bogСliq boСlib, buning sabablari hozir bizni qiziqtirmaydi. Buni yoshlarning koСproq asar tiliga eТtiroz qilayotganlari uchun eslatdik. Jumladan, H.Karvonli badiiy nasr tili masalalariga bagСishlangan Уdavra suhbatini oСqigach, U.Hamdamning УMuvozanatФ nomli romani yodimga tushdi: asarni oСqishni boshlab oxiriga yetkazolmaganim, roman negadir Уtortib ketmaganiФni esladim va buning sababi asar tili bilan bogСliq emasmikan, degan oСyda kitobni qayta oСqidim. Afsuski bu taxmin oСqish jarayonida tasdiqlandiФ ,- deb yozadi. Munaqqidning fikricha, roman tilining yaxshi ishlanmagani uchun ham oСqishli emas, oСquvchini oСziga jalb qilolmaydi. Biroq adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, bu fikrga qoСshilib boСlmaydi, chunki matnning estetik obТektga aylanishini bunday tushunish joСnlashtirishdan boshqa narsa emas.

Romanga ijobiy baho bergan professor O.Sharafiddinov: У... yaxlit olganda roman menda juda katta taassurot qoldirdiФ . Munaqqidning Уyaxlit olgandaФ deyishida gap koСp: bu bilan, bir tomondan, romanning kamchiliklardan holi emasligi, ikkinchi tomondan, Уyaxlit olingandaФ oСsha kamchiliklarni bosib tushadigan, ularga vaqtincha koСz yumib tursa boСladigan nimadir borligi taТkidlanadi. OТz-oСzidan savol tugСiladi: nima ekan oСsha NIMADIR? УMuvozanatФ nega, nimasi bilan katta avlod vakillariga Ц ustoz munaqqidlaru adiblarga maТqul keldi? Mazkur savolga javob izlashni O.Sharafiddinovning: УRomanni oСqib chiqar ekanman, bugungi kun odamini tasvirlashda xali realizmning ochilmagan imkoniyatlari koСp ekaniga imon keltirdimФ,- degan gapidan boshlasak. Ehtimol, kimdir bu gapdan romanni katta avlodga maТqul qilgan narsa Ц anТanaviylik, degan xulosa chiqarar va bunda qisman haq ham boСlar, lekin shuning oСzi bilangina izohlash kamlik qiladi. Zero, munaqqid Уrealizmning hali ochilmagan imkoniyatlariФga urgСu bermoqda. MaТlumki, realizmda badiiy bilish funktsiyasi ustuvor, realistik roman jamiyatning joriy holatini tahlil qilishu u haqdagi yaxlit kontseptsiya Ц badiiy falsafani ifodalashga intiladi. УMuvozanatФ esa mazkur risolaviy talablar nuqtai nazaridan binoyiday asar.

Demak, insofu adlga muvofiq xulosa qilsak, УMuvozanatФning estetik zavq bera olishini eТtirof etishimizga toСgСri keladi. Estetik zavq esa, bilasiz, sanТatning eng muhim hosilasi, u insonga berishi mumkin boСlgan asosiy neТmat. Fikrimizcha, Уyaxlit olgandaФ deganida O.Sharafiddinov УMuvozanatФga badiiy asar, sanТat hodisasi sifatida qarashni nazarda tutgan. Tabiiy savol tugСiladi: xoСsh, Уyaxlit olishФ, badiiy asar, sanТat hodisasi sifatida qarash qanday boСladi? MaТlumki, sanТat Уobrazlar tiliФda gapiradi, jumladan, soСz sanТati ham. Adabiy asardagi obrazlar ham, xuddi gapdagi soСzlar misoli oСzaro aloqa-munosabatga kirishadi va asar butunligi Ц GAPda muayyan bir badiiy mazmunni ifodalaydi. YaТni, badiiyat hodisasi ayni shu Уikkilamchi tilФ asosida voqe boСladi, Уbirlamchi tilФ nechogСli muhim boСlmasin, baribir, adabiyotning obraz yaratish vositasi, quroli boСlib qolaveradi. Shunga koСra, badiiy asarga avval Уyaxlit olibФ qarashimiz, Уobrazlar tiliФ uni badiiyat hodisasini yuzaga chiqarishga yaroqli estetik obТektga aylantira oldimi yo yoСqmi?Ф degan savolga javob berishimiz talab etiladi. Agar mazkur savolga tasdiq javobi berilsa, demak, boshqa barcha nuqsonu kamchiliklarga juzТiy, tuzatsa boСladigan deb qarash toСgСriroq boСladi.

Yuqoridagi fikrlarimiz nasriy asarda tilning ahamiyatiga mensimay qarash deb tushunilmasligi kerak. Aksincha, nasriy asar tili oСquvchining unda yaratilayotgan badiiy voqelikka kirishi, qahramonlar bilan birga yashab, birga his qilishi, tasvir predmetiga turli УnigohФlar orqali nazar tashlashi, gСoyaviy-hissiy munosabat va uning tasvir predmetiga monand oСzgarib borayotganini idrok etishi... kabi jihatlardan gСoyat muhim. Bu oСrinda aytmoqchi boСlganim shuki, badiiy nasr tiliga odatlanilgandan koСra oСzgacharoq tomonlardan yondashish, aytilganlar bilan bogСliq eng muhim masalalarni oСrganishga ustuvor ahamiyat berish zarurdir.

 
 
Сайт создан в системе uCoz