Anor hikoyasida obraz yaratish mahorati

Sadullo Quronov

Oz ijod mahsulini haqiqiy sanat darajasiga kotarish, qoliga qalam olgan va ulug choqqilar sari intilgan har bir yozuvchining maqsadidir. Bu maqsadga erishish esa adibdan yuksak mahoratni talab qiladi. Mahoratning muhim qirralaridan biri esa obraz yaratish sanatidir.

Ozbek hikoyachiligining choqqilaridan biri hisoblanadigan Anor hikoyasida, Abdulla Qahhorning obraz yaratish barasidagi yuksak mahorati yaqqol kozga tashlanadi. Otmish voqealaridan habar beruvchu bu asarda boshqorongi xotiniga ikki dona anor topib bera olmagan Turobjon va birdan bir orzusi-anor bolib qolgan ayol obrazlari sanatkorona yaratilgan.

Asarning boshlangich nuqtasida quyidagi holatni kuzatamiz: Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi... Joxori tuyayotgan xotini uning qolidagi tugunchani korib, kelisopini kelining ustiga qoya chopdi... chala tuyilgan joxori yerga tokildi. Bir tomonda, Turobjonning yangigina yaktagi tirsakkacha yirtilganiga, ikkinchi tomonda, ayolining ne mashaqqatlar bilan tuyayotgan asosiy yemishi hisoblangan joxorining tokilganiga etibor bermaganligi roy beradigan hodisaning ular uchun juda muhim ekanligidan xabar beradi. Yozuvchi qahramonlardagi bu holatni oquvchiga yana ham kuchliroq singdirish uchun personajlar nutqidan unumli foydalanadi.

-Akajon, degin!

-Akajon! Jo-on aka!..

-Nima berasan?

-Umrimning yarmini beraman!..

Eri Akajon deyishinigina sorasa ham, xotin Akajon! deydi-da, kamlik qildi shekilli Jo-on aka!ni qoshadi. Birinchi Akajon erining talabi bilan aytilgan bolsa, ikkinchi Jo-on aka koproq yalinish ohangida Meni kopam kuttirma degani boladi. Demak u nimanidir ilhaq bolib kutmoqda. Erining Nima berasan? degan savoliga biz uchun odatiy, oddiy holatlarga qarata ham aytishimiz mumkin bolgan Umrimni beraman deb emas, Umrimning yarmini beraman! deb javob qiladi. Ayol bu sozlarni chin dildan aytayotganligi sabab, Umrimni beraman! deya olmaganday tuyuladi bizga.

Tugundagi narsaning nima ekanligini bilgan va koziga jiqqa yosh kelgan xotinini korarkan, nima ekanini bildingmi? Asalarining uyasi deydi Turobjon. U bozorda folon pul, piyoda yurganlar tugul otda yurganlarga ham yoq ASALni topib kelsa-yu, xotini buning asal ekanligiga ishonmasa, u Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya! deb yuboradi. Turobjon bu holatga tushunmadi, tushunishni istamaganligi uchunmas, tushuna olmaganligi uchun tushunmadi.

Asar boshidagi xursandchilik sondi. Turobjonning esiga yirtilgan yaktagi-yu, tokilgan joxori keldi. Er-xotin orasiga suvuqchilik tushdi.

Abdulla Qahhor kambagal insonlar obrazini yaratar ekan, qahramonlarning harakati, gap-sozlari, oy-xayollaridagi har bir ikir-chikirga, har bir detalga mano yuklaydi: Turobjon doppisini boshidan oldi... kozi yirtiq yengiga tushdi, yuragi achidi: endi uch-tort suv yuvilgan yangigina yaktak edi! Turobjondaylar uchun yaktak hali yangi, balki oquvchi uchun ham u yangidaydir? Lekin osha davr kambagalining kiyim tutishidan kelib chiqib fikrlasak, kiyim u qadar yangi emas. Yana bir misol: Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan gojaga qatiq ham rang kirgizolmadi. Qozonning zanlashi, xatto ovqatni qoraytirib yuborishi, yana bu qoralikni qatiq ham kesa olmasligi uchun bu qozon necha hafta, necha oy yog kormasligi kerak?

Yozuvchining mahotati shundaki, qahramonlaridagi holatni tasvirlarkan, oquvchi shubhalanmasligi uchun asar davomida uni voqelikka tayyorlab boradi. Abdulla Qahhor qahramonlarini shu qadar nochor, shu qadar qashshoq tasvirlaydiki, Turobjonning boshqorongi xotiniga ikki dona anor topib berolmasligi mumkinligiga shubha qilmaysan kishi.

Muhtojlik Turobjonni homilador ayoliga Ajab qildim, jigarlaring ezilib ketsin! deyish darajasigacha olib bordi. Bu jumla boshqorongi ayoliga anor topib berolmayotgan, ne-ne qiyinchilik bilan asal topib kelganda xotini uni rad etgan, yirtilgan yaktag-u, tokilgan joxoriga yuragi achigan Turobjonning alamini yengillashtirishi mumkin bolgan oxirgi najoti edi.

Adib oz yogiga ozi qovrilayotgan Turobjonning kokka, undagi qizgish otga termulib: Mushak, Mullajon qozining bogida. Mullajon qozi beshik toyi qilgan, deyishi va otilayotgan mushaklarning bahosi, sonini xom chot qila boshlashi lavhalarini yozadi. Shu topda tugilmagan norasidasiga Mullajon qozining tantanasiga sababchi bolayotgan godakni solishtirayotgan, bolasining qismati haqida qaygurayotgan ota siymosi mohirona yaratiladi.

Asardagi boshqorongi ayol obrazi ham yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Abdulla Qahhor hikoyani yozishidan bir-necha yillar oldin yon daftariga boshqorongi ayol haqida shunday yozib qoygan: Er xotiniga jannatning tarifini qiladi. Xotinning koziga hovzikavsar va unda suzib yurgan baliqdan boshqa hech narsa korinmaydi. Xotin baliqqa boshqorongi. Adibning bu qaydlari, Turobjon Mullajon qozi va uning bogi haqida gapirayotgan payitidagi xotinning holatiga judayam oxshaydi: U Mullajon qozining bogini korgan emas, ammo tarifini eshitgan... bog emas anorzor.

Boshqorongi xotinning holatini faqatgina boshqorongi xotin tushinishi mumkinligi haqida yozuvchining ozi aytib otgan. Lekin asarni oqish davomida oquvchi ham bu holatni tushuna boshlaydi. Muallif shunday yozadi: Olamda uning suyangani eri, birdan bir orzusi-anor edi. Korib turganingizdak ayolning olamdagi bor budi eri va anor orzusi bolib qolgan. Bu tushunchalar torozining ikki pallasiga teng munosabatda qoyilmoqda. Demakki, ayol boshiqorongi bolarkan, u ozi istagan narsani olamdagi barcha narsalardan ustun qoyishi mumkinligiga oquvchi shubha qilmaydi.

Ayol anor koyida shu darajada yonyabdiki, figoni falakka chiqqan erining dahshatidan ham chochimay qolgan. U erining Otgan bozor kuni yegan anoringni oynashing olib kelganmidi?! degan savoliga oylab otirmay Oynashim olib kelgan edi! deya javob qiladi.

Ayoldagi holatni yanada chuqurroq anglash uchun mana bu dialogni tahlil qilaylik:

-Har narsaga rozgor achchiq bola bersa... qiyinroq bolar,-dedi Turobjon yaktagini kiyayotib,-kambagalchilik...

-Kambagalchilak olsin!

Ha, xotin bu sozlarni shikoyat tarzida aytdi. Atigi shu ikki sozning zamiriga tunlarini tunga, kunlarini kunga ulab erining anor olib kelishini intizorlik bilan kutayotgan, qalbi hasratga tola ayolning bor dardi yashiringan. Shu ikki soz zamirida osha davr kambagallarining ayanchli qismati, asarning bor mazmuni gavdalangan.

Asar boshlanishidagi bir-ikki chizgi bilan adib kitobxonda er-u xotinning bir-biriga naqadar mehr-muhabbatli ekanliklariga shubha qoldirmaydi. Bunday kishilar kambagalchilik, nochorlikning har qanday sinoviga birgalikda sabr qilishi, bir-birlarining konglini avaylashlari aniq. Shunga kora, xikoyada anor Turobjonning mehr-muhabbatini sinovdan otkazish uchun ayol oylab topgan shunchaki injiqlik emas, balki qahramonning ixtiyoridan tashqari tabiiy zarurat sifatida asoslanadi. Shu bilan birga, Anor hikoyasida bor yogi ikkitagina inson obrazini mahorat bilan yaratish orqali maishiy hayotning bir parchasini jonlantirarkan, yozuvchi katta ijtimoiy umumlashmalar chiqarishga erishadi.

 
 
Сайт создан в системе uCoz